Tue. Jun 25th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Prezident Xalq qabulxonasi mutasaddilari, murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ullar ishtirokida fuqarolarning muammo va masalalarini hal etish choralarini ko‘rdi.

Fuqarolar qabulida ijtimoiy ro‘yxatlardagi fuqarolarning murojaatlari, tadbirkorlarning takliflari ham o‘rganildi. Mutasaddilarga topshiriqlar berilib, ijrosi Qo‘qon hokimining shaxsiy nazoratiga olindi.