Fri. Apr 19th, 2024

Qo‘qon shahridagi Prezident Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan qabulda shahar hokimining o‘rinbosarlari, murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ul rahbarlar ham ishtirok etdilar.

Marufjon Usmonov ijtimoiy-moddiy yordam bilan bog‘liq murojaatlarni joyida ijobiy hal etib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi hokimning nazoratiga olindi.