Mon. May 20th, 2024

Qo‘qon shahridagi Prezident Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan qabulda murojaatlardagi masalalarga aloqador barcha mas’ullar ham ishtirok etdilar.

 

Shahar hokimi qabulda 20 nafar fuqarolar va tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqib, masalalarni joyida hal etish choralarini ko‘rdi. Ayrim hududlarda yashaydigan guruh fuqarolarning murojaatlari yuzasidan open byudjet tizimi xususida ma’lumot berilib, takliflarini kiritishda ko‘mak beriladigan bo‘ldi.

 

Qo‘qon shahriga yangi xizmat brendlarini olib kirish va boshqa ilg‘or takliflar bilan murojaat qilgan bir qator tadbirkorlarning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlandi.