Marufjon Usmonov murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ullar ishtirokida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining muammolarini hal etish choralarini ko‘rdi.
Moddiy yordam, fuqarolarning salomatligini tiklash, uy-joy ijarasi va subsidiya masalalari, ishga joylashtirish kabi murojaatlar ko‘rib chiqilib, mutasaddilarga topshiriqlar berildi.