Sat. Jun 22nd, 2024

Marufjon Usmonov murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ul rahbarlar, mahalla mutasaddilari ishtirokida fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining muammo-masalalarini hal etish choralarini ko‘rmoqda.

Qabulda asosiy e’tibor ehtiyojmand aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, ushbu maqsadda shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi imkoniyatlaridan foydalanilmoqda.

Ijtimoiy ro‘yxatlardagi fuqarolarni tadbirkorlik, kichik biznes, kasanachilik va hunarmandchilik asosida bandligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Qabulga kelgan tadbirkorlarga aholi bandligini ta’minlash evaziga berilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlar xususida ma’lumot berilmoqda.