Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sat. Dec 7th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 24-“Temiryo‘lchi” mahallasida aholi bilan muloqotda bo‘ldi.

Shahar hokimi mamlakatimizda, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, fuqarolar manafaatlari yo‘lida mahallalarda joriy etilgan mutlaqo yangi tizim, aholi muammolarini xonadonbay o‘rganish va tizimli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Marufjon Usmonov mahalladagi ijtimoiy muammolarni o‘rganib, mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Mahalla faollari, nuroniylar, yoshi ulug‘ keksalar qo‘llarini duoga ochib, mamlakatmizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat aholining qatlamlari uchun manfaatli bo‘layotganini e’tirof etdilar.

Konstitusiyamizga kiritilayotgan o‘zgartirishlardan xabardor va mamnun ekanlarini bildirib, barchalari referendumda faol ishtirok etishlarini bildirdilar.

Click to listen highlighted text!