Mon. May 20th, 2024

Marufjon Usmonov 32-matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilgan taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Shahar hokimi mamlakatimizda, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor xususida to‘xtalib o‘tib, olimpiada g‘oliblarini qizg‘in muborakbod etdi.

Farg‘ona viloyati va shahrimizda o‘tkazilgan fan olimpiadalarida yuqori natijalarga erishgan 7 nafar o‘quvchilarga qimmatbaxo sovg‘alar va mablag‘ vaucherlari, Diplomlar va Faxriy yorliqlar tantanali ravishda topshirildi.

Marufjon Usmonov iqtidorlarni tarbiyalagan o‘qituvchilarni ham alohida e’tirof etib, Tashakkurnomalar bilan taqdirladi.