Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining IVI sessiyasi o‘tkazildi. Sessiyada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari, shahar Kengashi deputatlari, sessiyada ko‘rilgan masalaga aloqador korxona, tashkilot, idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari va bloggerlar ishtirok etdilar.
Sessiyada Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 2021 yilgi ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish yakunlariga hamda 2022 yilga mo‘ljallagan rejalari bo‘yicha Murojaatnomasini o‘qib eshittirdi.
Murojaatnomada ko‘tarilgan masalalar yuzasidan bir qator deputatlar o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Sessiyada ko‘rilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
Sessiyadan so‘ng Qo‘qon shahar hokimi va sektorlar rahbarlari matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlar va bloggerlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.