Qo‘qondagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 1 iyun’ – Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuniga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazildi.
Xususan 29-bolalar bog‘chasida o‘tkazilgan tantanali tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.
Tadbirda tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar ijrosidagi bolalikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari, ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.
Shahar hokimi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, shu yerda tashkil etilgan Jaloliddin Manguberdi izdoshlari harbiy-vatanparvarlik guruhlari bilan tanishdi.
Tadbir so‘nggida shahar hokimi bayram munosabati bilan bolajonlarga o‘yinchoqlar hadya etdi.