Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Wed. Oct 9th, 2024

Marufjon Usmonov shahar elektr tarmoqlari korxonasidagi dispetcherlik xizmatiga aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni hal etishda ishtirok etmoqda. Shahar hokimi joylardagi elektr ta’minotidagi uzilishlarni barataraf etish maqsadida viloyat, respublika darajasidagi rahbarlar bilan aloqa qilib, Qo‘qonda elektr ta’minotini yaxshilash choralarini ko‘rmoqda.

Shu kunga qadar hokimning bergan ko‘rsatmalariga asosan dispetcherlik xizmati qo‘shimcha aloqa telefonlari va dispetcherlar bilan ta’minlandi. Aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish va ma’lumot yetkazish darajasi besh barobar oshdi.

Tezkor avariya xizmatlari xodimlari Qo‘qon shahridagi sohaga aloqador korxonalar mutahassislari hisobidan ko‘paytirildi. Avariya xizmati brigadalari uchun qo‘shimcha 10 ta avtotransport vositasi ajratildi.

Joylarda yuqori kuchlanishli transformatorlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz voqealarni oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan energiya ta’minotidagi uzilishlar davomiyligi ko‘p hududlarda 50 daqiqagacha qisqartirildi.

Click to listen highlighted text!