Marufjon Usmonov 3-“Tolzor” mahallasi mutasaddilari bilan suhbatda bo‘lib, mavjud muammo-masalalar bilan qiziqdi. Shahar hokimi mahalla raisi va hokim yordamchisi faoliyatini o‘rganib, mutasaddilar tomonidan ko‘tarilgan masalalalar bo‘yicha aholi xonadonlarida bo‘ldi.
Marufjon Usmonov fuqarolarning ijtimoiy holati bilan qiziqib, muammolarini hal etdi. Xususan, xonadonbay o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra ijtimoiy ximoyaga muhtoj fuqarolar doimiy daromad manbai bilan ta’minlanadigan bo‘ldi. Ta’mirtalab xonadon uchun qo‘rilish materiallari homiylik asosida yetkazib beriladi.
Marufjon Usmonov ayollar daftarida turadigan fuqaroning uy-joy masalasidagi murojaatini ham o‘rganib, mahalla mutasaddilarga subsidiya ajratilishida ko‘mak berish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.