Wed. Jun 26th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 29-bolalar bog‘chasida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni yaxshilash choralarini ko‘rdi.

 

Shahar hokimi maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘quv xonalari, yotoqxona va oshxona bilan tanishib, bolalar uchun tayyorlangan taomlarni tatib ko‘rdi. Harbiy vatanparvarlik guruhida bolalar va tarbiyachi bilan suhbatlashdi.

 

Mutasaddilarga ta’lim-tarbiya jarayonini yuqori saviyada tashkil etish, bolalar uchun munosib sharoit yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.