Qo‘qon shahar hokimi 100 ta ishsiz fuqaroga yer o‘lchab berdi

Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti

schedule
2024-09-12 | 17:27h
update
2024-09-12 | 17:27h
person
qoqon.uz
domain
qoqon.uz

Qishloq xo‘jaligi va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash hamda oziq-ovqat ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektr yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi asnosida Qo‘qon shahrida bitiruvchi yoshlar, ijtimoiy ro‘yxatlardagi ishsiz fuqarolarga Dang‘ara va O‘zbekiston tumanlaridan ekin ekish uchun yer maydonlari berildi.

 

Advertisement

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yaratilgan bunday imkoniyat aholining ehtiyojmand qatlamlariga kafolatlangan daromad orttirish imkonini berishini ta’kidlab o‘tdi.

 

Qo‘qon shahar hokimi 100 nafardan ziyod ishsiz fuqarolarga fermer xo‘jaliklarining ekindan bo‘shagan dalalaridan 15 so‘tixdan 20 so‘tixgacha yer maydonlari o‘lchab berdi.

 

Ishsiz fuqarolarga topshirilgan yer maydonlarida texnika talab etiladigan barcha ishlar fermerlar tomonidan bajariladi. Yetishtirilgan hosil Qo‘qon shahrining dehqon bozorlarida sotiladi.

Advertisement

Imprint
Responsible for the content:
qoqon.uz
Privacy & Terms of Use:
qoqon.uz
Mobile website via:
WordPress AMP Plugin
Last AMPHTML update:
12.09.2024 - 17:28:16
Privacy-Data & cookie usage: