Tue. May 14th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov soat 12:00 dan 15:00 gacha, 16:00 dan 23:00 ga qadar davom etgan qabulda 50 nafar fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

 

Xususan, Sharifaxon Rahimova, Matlubaxon Shomurodova, Karimaxon Ataboeva, Ilmiraxon Madatovaning moddiy yordam ko‘rsatish borasidagi, Muxayyo Rahmatovaning uy-joy uchun ijara pulini tulab berish masalasidagi, Munojatxon Boytemirovaning o‘g‘lining kontrakt to‘lovini to‘lab berish bo‘yicha, Xolmatova Muyassarxonni ishga joylashishda yordam ko‘rsatish borasidagi, Adxamjon Ahmedovning tadbirkorlik faoliyati uchun avtobekat ajratish masalasidagi murojaatlari ijobiy hal etildi.