Sat. Apr 20th, 2024

“Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Qo‘qon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Abdullaev Qobiljon Abdujambulovichning

 HISOBOTI

 Joriy yil 13 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  “Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-374-sonli qarori imzolandi.

Nazorat qiluvchi organlar tomonidan 2022 yil 1 noyabrdan boshlab:

  • Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar «Yagona davlat nazorati» axborot tizimida ro‘yxatga olinadi. Bunda, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida mazkur tizimda ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi;
  • Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari to‘g‘risida ma’lumot tekshiruv yoki profilaktika tadbirlari tugagan kundan boshlab uch kun muddatda «Yagona davlat nazorati» axborot tizimiga kiritiladi.

Shu o‘rinda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida Qo‘qon shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Ayni paytda muntazam ravishda tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, 2022 yil noyabr’ oyi davomida Qo‘qon shahar DSI tomonidan 917 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolari o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 875 ta tadbirkorlik sub’ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

 

Biz, soliq idoralari xodimlari tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlashga, soliq qonunchiligiga oid zarur yordamlarni ko‘rsatishga hamisha tayyormiz.Soliq tizimiga oid qo‘shimcha savollar bo‘lsa, ishonch telefonimizga(73-542-41-47) qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. Murojaatingiz qisqa fursatlarda o‘rganib chiqiladi va javob beriladi.

“Davlat soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchining ishonchli hamkori” tamoyili doirasida siz bilan hamkorlikka tayyormiz!