Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sat. Oct 5th, 2024

“Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Qo‘qon shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Abdullaev Qobiljon Abdujambulovichning 
HISOBOTI

2023 yil 1 yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga qator o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, aylanmadan olinadigan soliq stavkalari soliq to‘lovchilarning barcha toifalari uchun 4% miqdoridagi yagona stavkani belgilagan holda birxillashtirildi.

Bundan tashqari, 2023 yil 1 yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi. Shuni ta’kidlash joizki, mazkur tartib bo‘yicha soliq to‘lash ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu tartibni tanlash tadbirkorlik sub’ektlari uchun quyidagi yengilliklarni yaratib beradi:
– soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;
– bank hisob varag‘idan dividend tarzida yechib olinadigan mablag‘lar soliqqa tortilmaydi;
– tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi.

Ta’kidlash joiz, ayni paytda Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Binobarin, havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash va faoliyatini jadal qayta tiklash maqsadida “Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy ta’sirini kamaytirish uchun tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–43-son, 03.02.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, tadbirkorlarning 2023 yil 1 yanvarga nisbatan 1 fevral holatiga oshgan (hosil bo‘lgan) soliq qarzini 2023-yil 1-martdan 1-iyulgacha foizlarsiz, qo‘shimcha shartlar qo‘ymasdan va ta’minot talab etmasdan teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.

Shuningdek, tadbirkorlarning soliq qarziga penya hisoblash 2023 yil 1aprelgacha to‘xtatiladi. Bundan tashqari, tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga 2023-yil 1-aprelgacha jarimalar qo‘llanilmaydi.

Albatta, qiyinchiliklarga uchragan tadbirkorlarga soliq xizmati organlari “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatishni davom ettiradilar.

Ta’kidlash joiz, ayni kunlarda Qo‘qon shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan turli ochiq muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda, muammolar o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun muhim bo‘lgan qator yo‘nalishlarni belgilab olgan holda amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Xususan, 2023 yil yanvar oyi davomida Qo‘qon shahar DSI tomonidan 378 ta tadbirkorlik sub’ektlarini qiynayotgan muammolar o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 378 tadbirkorlik sub’ektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, ortiqcha QQS hamda boshqa soliq turlari bo‘yicha to‘lovlarini qaytarish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Biz, soliq idoralari xodimlari bundan keyin ham, albatta, Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.

Click to listen highlighted text!