Qo‘qon shahar hokimi boshchiligida ishchi guruh shifoxonadagi harorat va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi. Marufjon Usmonov navbatchi shifokor bilan muloqot qilib, muammo va masalalar bilan qiziqdi. Mas’ullarga shifoxonada mu’tadil haroratni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.