Thu. Jun 20th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Mexanika zavodida katta hajmli sisternalarni ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi.

Ushbu sisternalarga turli sohalarda mamlakatimiz va horijda ehtiyoj katta bo‘lib, ushbu mahsulot korxonaning umumiy ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada yuksaltirishi kutilmoqda.

Shahar hokimi rahbariyat bilan muloqotda bo‘lib, “Yashil makon” loyihasi doirasida korxona hududini ko‘kalamzorlashirish, soliq tushumlarini ta’minlash va qishki oziq-ovqat zahirasini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.