Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Qo‘qon Mexanika zavodida yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shahar hokimi import o‘rnini bosuvchi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi uchun yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishini jadallashtirish, yangi ishlab chiqarish sexlari qurilishini yakunlash yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Qo‘qon Mexanika zavodida “Uzagromashservis” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida keng foydalanilayotgan “Keys” kabi kombaynlar uchun extiyot qismlari ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.
Bugunga qadar 50 ta namunaviy detallar tayyorlangan, 80 detal’ bo‘yicha loyhalash ishlari yakunlangan, hamkorlik bitimi asosida jami 150 dan ortiq detallar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Birinchi mahsulotlar shu yilning may oyiga qadar ishlab chiqarila boshlaydi.