Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Sharifjon Yo‘ldoshevning xonadoniga tashrif buyurib, shahrimiz rivoji uchun ulkan hissa qo‘shgan va qo‘shib kelayotgan fidoiy hamshaharimizni muborakbod etdi.
75 yoshni qarshilagan Sharifjon aka turli davlat idoralarida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan, mamlakatimiz Senatida ham ko‘p yillar faoliyat olib borgan.
Ayni paytda mamlakatimizning turli hududlari va xorijga mahsulot yetkazib berayotgan Qo‘qon Mexanika zavodiga rahbarlik qilmoqda.