Sat. Apr 27th, 2024

Prezident Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha kelgan fuqarolar hamda Amir Temur ko‘chasi va ushbu hududga yaqin mahallalar aholisi ishtirokida o‘tkazilgan qabulda ehtiyojmand fuqarolarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash kabi o‘nlab masalalar ijobiy yechim topdi.

Marufjon Usmonov qabulda ishtirok etgan mas’ullarga berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda mutasaddilarning faolligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.