Fri. May 24th, 2024

“Vaqf chorsu” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulda Marufjon Usmonov fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

 

Xususan, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasasida davolanish va jarrohlik amaliyoti uchun mablag‘ so‘rab murojaat qilgan ayolning murojaati qanoatlantirildi. Mutasaddilarga fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatish yuzasidan topshiriq berilib, ijrosi hokimning nazoratiga olindi.

 

Qo‘qondagi Prezident Xalq qabulxonasi mudiri, boshqa mas’ul rahbarlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan qabulda aholining ijtimoiy masalalarini hal etish choralari ko‘rildi.