Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Mon. Nov 11th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov shahar prokurori Ulug‘bek Hamdamov va bir qator mutasaddi rahbarlar ishtirokida 19-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida yaratilgan sharoitlar va ta’lim samaradorligini o‘rgandi. Shahar hokimi maktab o‘quvchilari bilan suhbatda bo‘lib, bilim saviyasi va dunyoqarashini sinab ko‘rdi. Marufjon Usmonov o‘quvchilar bilan odob-ahloq, intizom, bilim olish va hunarga ega bo‘lish, sog‘lom turumush tarzi kabi mavzularda samimiy muloqot qildi. Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning iqtidorlarini namoyon etish va tashabbuslarini qo‘llab quvvatlashga qaratilayotgan e’tibor xususida ma’lumot berdi.

 

Shahar hokimi isitish tizimlari, qozonxona, hudud obodonchiligiga ham alohida e’tibor qaratib mutasaddilarga vazifalar beligilab berdi.

 

Shundan so‘ng 14-maktabga yo‘l olgan Marufjon Usmonov bu yerda tashkil etilgan kitob yarmarkasi bilan tanishdi. Mutasaddilarga kitoblarni yoshlarga imkon qadar arzon narhda taklif etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shahar hokimi maktab hududi va qozonxonasini ham ko‘zdan kechirib, shu yerda nozil bo‘lgan gaz idorasi rahbariga ijtimoiy ob’ektlarda mu’tadil iliq haroratni ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berdi.

Click to listen highlighted text!