Sat. Apr 20th, 2024

Qo‘qondagi Prezident Xalq qabulxonasida o‘tkazilgan qabulda Marufjon Usmonov Xurriyatxon Mamadalievaning ta’lim kreditini to‘lashda moddiy yordam ko‘rsatish borasidagi murojaatini ko‘rib chiqib, mutasaddilarga fuqaroni ijtimoiy himoya yagona reestriga kiritish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Mahalla tizimi mutasaddilari, murojaatlardagi masalalarga aloqador mas’ullar ishtirokida aholi murojaatlarini joyida hal etish choralari ko‘rildi. Shahar hokimi mutasaddilarga murojaatlardagi masalalar bo‘yicha topshiriqlar berib, ijrosini o‘z nazoratiga oldi.