Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 18-“Novvoylik guzari” mahallasida barpo etilayotgan savdo-maishiy kompleksini joyida borib o‘rgandi.
Aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan vajlar mahalla mutasaddilari va oqsoqollar ishtirokida o‘rganilib, mutasaddilarga olib borilayotgan qurilish ishlar qonuniyligi bo‘yicha hulosa berish vazifasi yuklatildi.
Murojaat mutasaddilar tomonidan o‘rganilib, qurilish ishlarini ob’ekt xujjatlarida kursatilgan shartlar va shaharsozlik normalari asosida tashkil etish yuzasidan ogohlantirish berildi.