Sat. Apr 20th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Qo‘qon davlat pedagogika institutiga rektor etib tayinlangan Xodjaeva Dilnoza Shavkatovnani mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan qutlab, institut tomonidan Qo‘qon shahridagi maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun yetkazib berilayotgan kadrlar bilim saviyasi va professional tayyorgarligi yuksak saviyada bo‘lishiga umid bildirdi va kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

 

Qo‘qon pedagogika institutida o‘tkazilgan yig‘ilishda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdujabar Abduvaxitov, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Fayzulla Qosimov, shahrimix va viloyatimiz ta’lim soxasi mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.