Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti qoshidagi avtomaktabning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i, polkovnik Olimjon Saidov, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, sektorlar rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Ochilish marosimida Olimjon Saidov Qo‘qon avtomaktabiga faoliyatini litsenziyalash pasportini tantanali ravishda topshirdi.