O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmada O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan ijodkorlar ishtirok etdilar.
Qo‘qon shahar hokimi hamrohligida mehmonlar art-galereyadagi ustaxonalar va ko‘rgazmalar bilan tanishib, hunarmandlar bilan muloqotda bo‘ldilar.
Tantanali marosimda mamlakatimizda so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga qaratilayotgan yuksak e’tibor, Prezidentimiz qarori asosida tashkil etilgan art-galereyada Qo‘qonlik ijodkorlar uchun yaratilgan sharoitlar e’tirof etildi.
Ko‘rgazmada o‘zlarining noyob san’at asarlari bilan qatnashgan bir qator ijodkorlar O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Qo‘qon bo‘limining Tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.