Fri. Apr 19th, 2024

Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘ylab harakat qiluvchi Qo‘qon—Andijon—Qo‘qon shaharlararo yo‘lovchi poezdi harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «Daryo» muxbiri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, elektropoezdlar 2022 yilning 1 martidan harakatlana boshlagan.

Poezdlar haftaning seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari Qo‘qon—Andijon—Qo‘qon shaharlararo yo‘nalishida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Tonggi 05:00 da Qo‘qondan harakatlanishni boshlagan elektropoezdlar 16 ta stansiyada to‘xtab, Andijonga kirib boradi.

Andijondan soat 14:12 da harakatlanadigan poezd soat 19:19 da Qo‘qon shahriga qaytib keladi.