Sat. Apr 27th, 2024

Ob-havo sharoiti yaxshilanishi bilan yana ikkita qoplama ustma-ust qoplanib, mustahkamlanadi.

Ayni paytda yo‘lovchilarni qabul qiladigan terminalda so‘nggi tashqi bezash ishlari boshlab yuborildi. Uchish qo‘nish yo‘lagidan terminal oldidagi perronga samolyotlar uchun yangi yo‘lakning qurilishi boshlandi.

Uchish-qo‘nish yo‘lagi so‘nngidagi tabiiy gaz tarmog‘i ko‘chirilgani haqida avvalgi xabarlarimizda ma’lum qilgan edik. Endilikda yangi gaz quvuri qurilishi nihoyasiga yetkazilmoqda.

Aeroport yonidagi shag‘al koni ko‘milmoqda, bu ishlarga o‘nlab texnika vositalari jalb etilgan. Umuman aeroport qurilishiga 500 dan ziyod quruvchilar va 200 ta texnika jalb etilgan.

Loyihachilar uchish-qo‘nish yo‘lagi xalqaro darajadagi samolyotlar qabul qilishga mos bo‘lishi uchun aeroport yonidagi soyni o‘zanini ko‘chirish yoki ustini beton qoplama bilan qoplash ustida bosh qotirmoqdalar.