Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahar hokimining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqot chog‘ida Marufjon Usmonov yoshlarning qiziqishlari, ko‘nikmalari va muammolarini o‘rgandi.

Turli yo‘nalishlarda hunarmandchilik bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga ishlab chiqarish uskunalari bepul taqdim etilishi ma’lum qilindi. Qo‘qon shahar hokimi yoshlardan ta’lim, bandlik va ijtimoiy sohalarda kelib tushgan barcha takliflarni yon daftarchasiga yozib olib, keyingi yilda ta’lim sohasidagi muammolarni hal etishga shahar byudjetidan 10 milliard so‘m ajratilishini bildirdi. Eng faol ishtirokchilar Qo‘qon shahar hokimining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.