Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov davlatimiz rahbari raisligida tarmoq va hududlarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan vmdeoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida mutasaddilarga shahrimizda axborot texnologiyalariga o‘qitish saviyasini oshirish, axborot texnologiyalari markazlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Qo‘qon shahridagi maktablarning informatika fani o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida shahrimizda yoshlarning sohaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, maktablarda axborot texnologiyalariga o‘qitish samaradorligini oshirishga Qo‘qon universiteti moddiy-texnika bazasi, metodikasi, professor, o‘qituvchilarini jalb etish masalalari muhokama etildi.
Qo‘qon shahar hokimi “Kokand Robofest” robototexnika bo‘yicha o‘tkazilgan respublika tanlovida g‘olib bo‘lgan yoshlar va ularning o‘qituvchilarinini ham e’tirof etib, samimiy minnatdorchiligini izhor etdi.