Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Wed. Dec 4th, 2024

Qo‘qon shahrida “O‘zbek tili nufuzini mustahkamlashning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim vazirligi, Qo‘qon shahar hokimligi va Qo‘qon davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham ishtirok etdi.

 

Shahar hokimi mamlakatimizda Prezidentimizning tashabbuslari bilan davlat tili nufuzini oshirish, jahonda uning maqomini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdi.

 

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 33 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan konferensiyada tilshunos va adabiyotshunos olimlar, umumta’lim maktablari ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari, talabalar, o‘quvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

 

Qo‘qon shahar hokimi shahrimiz ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan insholar tanlovida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarni qutlab, Faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.

 

Onlayn platforma yordamida jonli uzatilgan ilmiy-amaliy konferensiyada mamlakatimizning turli oliy ta’lim muassasalaridan ishtirokchilar ham qatnashdilar.

 

Konferensiyada zamonaviy o‘zbek tilini o‘qitish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunlarga rioya etish kabi ko‘plab masalalar muhokama etildi.

 

Ta’lim muassasalari yoshlar ijodiy jamoalari tomonidan ijro etilgan milliy qo‘shiqlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari konferensiya ishtirokchilariga munosib kayfiyat baxshida etdi.

Click to listen highlighted text!