1-sektor hududida joylashgan Arzik-tepa ko‘chasi, 148-xonadonda istiqomat qiladigan imkoniyati cheklangan fuqaro Tolibjon Rustamovning uylari yangitdan qurib berildi. 3 nafar farzandli ijtimoiy himoyaga muhtoj Tolibjon va Mahfirat Rustamovlar endilikda zamonaviy va qulay xonadonda yashash imkoniga ega bo‘ldilar.
Qo‘qon shahar hokimi xonadon egalariga tantanali ravishda ramziy kalitni topshirar ekan ushbu xayrli ish Muhtaram Yurtboshimizning ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, “Temir daftar”dan chiqarishga qaratilgan say’-xarakatlarning amaldagi ifodasi bo‘lganini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj ushbu oilaning 3 ta uyi yangitdan qurib berildi, oshxona, hammom, sanitariya tizimlari yangi jixozlar bilan ta’minlandi. Qurilish va ta’mirlash ishlariga 150 mln. so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi.
Marufjon Usmonov ushbu ishlarda sahovat va fidoiylik ko‘rsatgan bir qator fuqarolarni Qo‘qon shahar hokimligining Tashakkurnomalari bilan taqdirladi.