Kuni kecha Qo‘qon shahar hokimligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Xalq ta’limi muassasalari kasaba uyushmasi Qo‘qon bo‘limi mutasaddilari shahrimizning Nurafshon, Davronbek, Yangi chorsu, Qaymoqli guzar, Yangiobod, Navro‘z va Parpashabof mahallalarida istiqomat qiladigan ijtimoiy muhofazaga muhtoj ayollarga nogironlik aravachalarini topshirdilar.
Ijtimoiy yordam ko‘rsatilgan fuqarolar og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilishga imkon bergan sovg‘alar uchun minnatdorchiliklarini izhor etib, ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarni doimiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Muhtaram Yurtboshimizning xalqparvar siyosatidan rozi ekanliklarini bildirdilar.