Thu. Apr 25th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov 65-“Sunbula” mahallasi binosida nihoyasiga yetkazilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Shahar hokimi bino joylashgan hudud, mahalla raisi, uchastka noziri, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi xonalari bilan tanishib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.

 

Marufjon Usmonov hududda manzarali va mevali daraxtlar ekish, kitob do‘koni tashkil etish, binoni zarur anjomlar va ko‘rsatkich belgilari bilan jixozlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Mahalla raisi, uchastka noziri, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi mahallada tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish, mahalladagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun open byudjet tizimiga takliflar kiritish, madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar oldilar.