Shahar hokimligining Faollar zalida reklama qurilmalarini qonunchilik, shaharsozlik normalari nuqtai nazaridan tartibga keltirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, shahar IIO FMB boshlig‘i, polkovnik Farxodjon Hasanov, Farg‘ona viloyati monopoliyadan chiqarish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Abdusamat Maroziqov, masalaga dahldor idora, qorxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda tarixiy-shaharsozlik muhiti va shahrimizning mavjud binolari me’moriy qiyofasini saqlab qolish, reklama konstruksiyalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishni tartibga solishni nazorat qilish, tashqi reklama sohasining barcha ishtirokchilari uchun teng huquqlarni ta’minlaydigan tamoyillar va shartlarni shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yil, 2 fevralda qabul qilingan “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.