4-“G‘ishtli masjid” va 44-”Afg‘onbog‘” mahallalarida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov raisligida so‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan og‘ir jinoyatlarning muhokamasi o‘tkazildi.
Sektor rahbarlari, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari, mahalla faollari, jinoyat qurboniga aylangan fuqarolarning yaqinlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda sodir bo‘lgan jinoyatlarni keltirib chiqargan ijtimoiy sabablar, tanqidiy nazar bilan o‘rganildi.
Mahallalarda jinoyat sodir etishga moyil, ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar bilan tizimli ishlar olib borish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.