Thu. Jul 25th, 2024

Muhtaram Yurtboshimizning aholining ijtimoiy farovonligini oshirish, ijtimoiy ro‘yhatlarga kiritilgan fuqarolarni doimiy ish bilan ta’minlash orqali turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha belgilab bergan vazifalari ijrosi doirasida Qo‘qon shahrida kompleks chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Ishga marxamat” shiori ostida o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida Qo‘qon shahridagi 48 ta korxona tashkilotlar vakant o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

Yarmarkada sektorlar kesimida xonadonma-xonadon yurib aholining ijtimoiy muammolarini o‘rganish natijasida ro‘yxatlarga kiritilgan fuqarolar, ishsiz ayollar va bitiruvchi yoshlar ishtirok etdilar.

O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 37 nafar fuqarolar bilan mehnat shartnomalari tuzilib, 63 nafariga ishga yo‘llanmalar berildi.