Mon. May 13th, 2024

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov Dang‘ara tumanidagi 2 va 3- yuqori bosimdagi tabiiy gaz taqsimlash stansilarida bo‘ldi. Shahar hokimi aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz bosimini ko‘tarish maqsadida metan gaz quyish shahobchalariga tabiiy gaz yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha topshiriq berdi. Natijada Qo‘qon shahrining ko‘plab hududlarida aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz bosimini sezilarli darajada ko‘tarishga erishildi.