Avval Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Jo‘raev Muhiddin O‘tkirovich Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniev, viloyat huquq-tartibot idoralari rahbarlari ishtirokida Qo‘qon shahar IIO FMBda o‘tkazilgan yig‘ilishda yangi rahbar keng jamoatchilikka tanishtirildi.
Polkovnik Muhiddin Jo‘raev 2014-2016 yillarda Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘i, 2016-2018 yillarda Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘i, 2018-2019 yillarda Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Yig‘ilishda Qo‘qon shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda barcha mas’ul tizimlar hamda jamoatchilik hamkorligini tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berildi.