Sun. Apr 28th, 2024

Qo‘qon shahrida meva qadoqlash korxonasi tashkil etishni rejalashtirayotgan Anil Kumar janoblari Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda shahrimizda ushbu sohaning istiqbollarini muhokama qildi.

Marufjon Usmonov hindistonlik sarmoyadorning tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, yangi korxona uchun talab etilayotgan qulay yer maydoniga kommunikasiyalarni yetkazib berishda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Tashrif so‘nggida Anil Kumar janoblari Qo‘qon shahar hokimiga qabul uchun minnatdorchilik izhor etib, samarali hamkorlik tez orada Qo‘qon shahridan meva mahsulotlarining xorijga eksport qilinishida namoyon bo‘lishiga ishonch bildirdi.

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov uchrashuvda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.