Qo‘qon shahrining boshqa tumanlar bilan chegaradosh hududiga kiruvchi ushbu mahallada ijtimoiy muammolar kompleks hal etilmoqda. Ayni paytda mahalladagi ko‘chalarda oqova tarmoqlari tortib kelinmoqda. Ushbu tarmoqlar “open byudjet tizimi” bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar hisobidan yaqindagina barpo etilgan nasos stansiyasiga ulanadi. Mahallada olib borilayotgan ishlarga aholi ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Avvalgi xabarlarimizda mahallani ichimlik suvi bilan ta’minlash, elektr tarmoqlarini yangilash borasida ham amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lum qilgan edik. Endilikda ta’mirtalab ichki ko‘chalar tekislanib, asfaltlash uchun shay holatga keltirilmoqda.