Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Wed. Oct 9th, 2024

Prezident maslahatchisi Qo‘qon shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida qilinayotgan ishlarni o‘rganmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Islamov Baxtiyor Djaxangirovich Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va boshqa mas’ul rahbarlar ishtirokida Qo‘qon shahar ichki ishlar boshqarmasi va Milliy gvardiya harbiy qismida bo‘ldi.

 

Xususan, IIB situasion markazi bilan tanishgan Prezident maslahatchisiga Qo‘qon shahrida jinoyatchiliklarning oldini olishda kuzatuv kameralaridan foydalanish, og‘ir hududlarda yangi ichki ishlar bo‘limlarini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.

 

Baxtiyor Islamov og‘ir jinoyatlarni oldini olish borasida qilinayotgan ishlar bo‘yicha alohida qiziqish bildirib, mutasaddilarga vazifalar belgilab berdi.

Click to listen highlighted text!