Wed. Apr 17th, 2024

Pensiyalar miqdorlari oshirildi va ortiqcha, noto‘g‘ri to‘langan nafaqalar miqdorlari xisobdan chiqarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining29.04.2022 yildagi PF-128 sonli Farmoni imzolandi. Farmonga asosan 2022 yil 1 maydan boshlab yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari miqdori 12 foizga oshirildi.

Jumladan 2022 yil 1 maydan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida: pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 324 000 so‘m; yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 633 000 so‘m; nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — oyiga 698 000 so‘m; mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 698 000 so‘m etib belgilandi.

1941 — 1945 yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda — oyiga 3 080 000 so‘mga yetkazildi.

Belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (633 000 so‘mdan) 698 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori — oyiga 698 000 so‘mgacha oshirildi.

Pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni minimal iste’mol xarajatlari qiymatidan kam bo‘lmagan miqdorlarda belgilash maqsadida 2022 yil 1 maydan boshlab:

Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori — oyiga 500 000 so‘m; ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda — oyiga 500 000 so‘m; boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori — oyiga 500 000 so‘m etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun — 185 000 so‘mdan qo‘shildi; boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 500 000 so‘m etib belgilandi va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiyalar  to‘landi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli og‘irlashishining oldini olish maqsadida «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali 2022 yil 1 aprelga qadar nafaqa va moddiy yordam tayinlash uchun ma’lumotlarning xato taqdim etilishi, kiritilishi va texnik sabablar tufayli fuqarolarga ortiqcha to‘langan summalar hisobdan chiqarildi.