Mon. Mar 4th, 2024

Ozodalik, poklik va tozalik millatimiz va e’tiqodimizga xos azaliy qadriyatlarimizdan xisoblanadilar. Bu qadriyatilarimiz, boshqa hech qaysi millatga xos bo‘lmagan, erta tongdan ko‘cha supurish, suv sepib obod etish kabi urf-odatlarimizda ham o‘z aksini topgan. Shahrimizda ham qadimdan bu masalaga jiddiy e’tibor qaratilganini zamonamizgacha yetib kelgan fotosuratlarda ko‘rishimiz mumkin.

Bugun ham Ozodalik kuni doirasida shahrimiz ko‘chalari, mahalla va guzarlari saranjom sarishta xolatga keltirildi. Xazon va chiqindilar to‘planib, olib chiqib ketildi. Shahrimizning markaziy ko‘chalari bilan bir qatorda ko‘p qavatli uylar hududlari ham obod etildi.

Shahrimizdagi mozor va qabristonlarni tozalashga ham alohida e’tibor qaratildi. Ushbu ishlarda shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasining Mozorlar bo‘limi ishchi-xizmatchilari faol ishtirok etdilar.

Obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda ayrim mahallalarimizning gulzorlariga yangi unumdor tuproq yotkizildi, notekis yo‘llarga shag‘al sepilib, asfalt qoplamasini yotkizish uchun shay xolatga keltirildi.

Ayni paytda, shahrimiz bu umumiy uyimiz, uni obod etishga barchamiz birdek javobgar ekanligini xisobga olsak, keyingi shanba kuni Ozodalik kuni tadbirlarida jamoat tashkilotlari, yoshlarimizning ham ishtirok etishi maqsadga muvofiqdir.