Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Mon. Sep 16th, 2024

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Prezidenti yaqinda Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi va tashrifi davomida Qo‘qon shahri va atrof hududlarda turizmni rivojlantirish bo‘yicha ham ustuvor vazifalar belgilab berdi.

Shaxsan meni quvontirgan masala Qo‘qon ayeroportiga uchayotgan samolyotlar sig‘imini kengaytirish va reyslar sonini ko‘paytirish bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalar bo‘ldi. Toshkent-Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha 70 o‘rinli yo‘lovchi samolyotlari parvozini yo‘lga qo‘yilishi meni ayniqsa qiziqtirdi, chunki bu odamlarning nafaqat Toshkentga borishi va qaytishini, balki Qo‘qon shahriga ta’tilda kelishlarini ancha osonlashtiradi.

Qo‘qon shahrini mamlakatning boshqa hududlari va xalqaro miqyosdagi yo‘nalishlarga ulanishiga imkon beradi. Men Qo‘qonda turizmni rivojlantirish uchun ulkan salohiyat borligini bilaman va yaqinda O‘zbekistonga borganimda, shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirish uchun mehmonlarimni Qo‘qonga olib boraman.

Rivojlanishning keyingi bosqichlari uchun muhim narsalar: shaharga yetarli darajada poyezdlar qatnovi va avia parvozlar sonini ta’minlash va yuqori sifatli mehmonxonalar sonini oshirish deb o‘ylayman. Xalqaro standartlarga javob beradigan mehmonxonalar va ularga xizmat ko‘rsatadigan xodimlarga ega bo‘lish nafaqat turizmni rivojlantirish, balki turizm infratuzilmasi sifatni ham ta’minlash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Click to listen highlighted text!