Thu. Mar 28th, 2024

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyo yoshlar forumi doirasida Farg‘ona viloyati bo‘ylab bo‘lib o‘tayotgan sayohati doirasida Tojikiston Respublikasi hukumati yoshlar va sport ishlari qo‘mitasi delegasiyasi bugun Qo‘qon shahriga tashrif buyurdi.

 

O‘rda maydonida mehmonlarni Yoshlar agentligi Qo‘qon shahar bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar rasmiylari kutib oldilar.

 

Xudoyorxon O‘rdasi bilan yaqindan tanishgan mehmonlar, Qo‘qon shahrining boy tarixi, madaniyati va san’ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

Tashrif doirasida mehmonlar qo‘qonlik mutasaddilar bilan ham yoshlar bilan ishlash bo‘yicha fikr almashib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.