Qo‘qon shahar hokimligi, “Mahalla” jamg‘armasi va Qo‘qon shahar sportni rivojlantirish bo‘limi tomonidan 55-65 yoshli faxriylar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarda Andijon viloyati jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rin Qo‘qon shahri jamoasiga, 3-o‘rin Quva tumani, 4- o‘rin Namangan viloyati jamoalariga nasib etdi.
Tantanali taqdirlash marosimida Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov va sektorlar rahbarlari ishtirok etdilar. Shahar hokimi davlatimiz rahbari tomonidan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoni tarbiya va sportga jalb etishga qaratilayotgan e’tibor xususida to‘xtalib o‘tib, ishtirokchilarga samimiy tilaklarini bildirdi.
Musobaqada ishtirok etgan sportchilar ham tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini izxor etib, shu kabi musobaqalarni o‘tkazish an’anasi davomli bo‘lishiga ishonch bildirdilar.