Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti   Click to listen highlighted text! Welcome to Qo‘qon shahar hokimligining rasmiy veb sayti
Sat. Oct 5th, 2024

Qo‘qon shahridagi milliy taqinchoqlar ustaxonasida o‘nlab o‘spirin qizlar daromadli hunar sirlarini o‘rganmoqda.

 

✨ Hunarmand Hikmatxon G‘iyosovaning ustaxonasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bozori chaqqon. Qo‘qon bozoridan tashqari Toshkent shaxridagi ihtisoslashgan savdo yarmarkalarida bunday mahsulotlarga talab yuqori bo‘lmoqda.

 

Bejirim taqinchoqlar yasashdek qiziqarli va maroqli kasbni egallash uchun ustoz hunarmandga mahalladagi o‘nlab qizlar shogird tushgan.

 

👑 “Milliy taqinchoqlarni yasash juda qiziqarli, bo‘sh vaqtim bo‘lguncha shu yerga oshiqaman. Mazza qilib hunar o‘rganaman, ishimdan dilim yayraydi. Yana yasagan ishimiz uchun ustozimiz haq ham to‘laydi. O‘ynab, yayrab, pul topayapmiz”, deydi Hikmatxon opaning yosh shogirdlaridan biri.

 

Birinchi xalqaro hunarmandchilik festivalida bunday mahsulotlar juda haridorgir bo‘lgan. Bu yilgi festival’ga Hikmatxon G‘iyosova yangicha turdagi mahsulotlarni taklif etish istagida.

#qoqon #ozbekiston #hunarmand #milliy #taqinchoqlar #festival #ozbek

Click to listen highlighted text!